Yosh oilalar va xotin-qizlar manfaatiga xizmat qiluvchi amaliy muloqot
2026-06-10 10:35:00 / Yangiliklar

Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova rahbarligida Uchtepa tumani “Oila va xotin-qizlar maskani”da O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-maydagi 257-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida seminar tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Shahnoza Sultanova, shahar boshqarmalari rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.
Seminar doirasida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etilib, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tijorat banklari xizmatlari, tibbiy hamda huquqiy masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan amaliy maslahat va ko’mak ko‘rsatildi.
Tadbir davomida yoshlarni oilaviy hayotga ongli va mas’uliyat bilan tayyorlash, mas’uliyatli ota-onalik madaniyatini shakllantirish, oilalarda barqaror muhitni mustahkamlash hamda yosh oilalar o‘rtasida ajrimlarning oldini olish bo‘yicha fikr va takliflar muhokama qilindi.
Mazkur seminar 257-son qarorda belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish, oilaviy maslahat xizmatlari sifatini oshirish hamda aholi, ayniqsa, xotin-qizlarning muammolariga manzilli yechim topishga xizmat qilmoqda.
#Toshkent #Seminar






