"Oilamiz — kelajagimiz" oyligi doirasida "Alla" festivali o'tkazildi
2026-05-21 13:30:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirda xalqimiz ma’naviyatining ajralmas qismi bo‘lgan, asrlar davomida momolarimizdan onalarimizga, onalarimizdan esa kelajak avlodga meros bo‘lib kelayotgan allalarning tarixi, tarbiyaviy ahamiyati va milliy qadriyatlarimizdagi beqiyos o‘rni alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda allaning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlab, ezgulik va ona muhabbatini singdirishdagi ahamiyati haqida atroflicha fikr bildirdilar.
Tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S. Xudayberganova ochib berib, bu kabi ma’naviy tadbirlar milliy merosimizni asrab-avaylash, oila muqaddasligini ulug‘lash va yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
#Oilamiz_kelajagimiz #Xorazm








