“Yosh oilalar forumi” o’tkazildi
2026-05-19 21:10:00 / Yangiliklar
Navoiy shahar Yoshlar markazida yosh oilalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sog‘lom va barqaror oila muhitini shakllantirish, oilaviy munosabatlarda yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqot orqali bartaraf etish hamda zamonaviy muammolarga amaliy yechim va takliflar ishlab chiqish maqsadida “Yosh oilalar forumi” bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida “Kitobxon onalar” loyihasi hamda “Milliyligim — o‘zligim” mavzusida milliy liboslar ko‘rgazmalari tashkil etilib, ishtirokchilarda milliy qadriyatlar, ma’naviyat va kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi.
#Oilamiz_kelajagimiz #Navoiy









