Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanomа berish jarayoni boshlandi!
2026-05-15 19:55:00 / Yangiliklar

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta'lim muassasalariga qo'shimcha davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoма berish xizmati my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ishga tushirildi.
🔗 https://my.gov.uz/uz/service/1432
Kimlar ishtirok eta oladi?
Qo'shimcha qabul ko'rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etuvchilar toifasiga umumiy o'rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasasini tamomlagan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar kiradi.
Tavsiyanomа quyidagi mezonlardan biriga mos kelgan xotin-qizlarga beriladi:
— Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning xotin-qizlari;
— To'liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
— Turmush o'rtog'i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg'iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
— Nogironligi bo'lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
— Ikki va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning qiz farzandlari;
— Ota-onalaridan biri yoki har ikkalasi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo'lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.
Muhim:
Tavsiyanomа yuqoridagi mezonlarga mos kelgan barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi. Talabgor keltirilgan mezonlardan biriga to'g'ri kelsa, tavsiyanoма Oila va xotin-qizlar qo'mitasining axborot tizimida avtomatik shakllanadi va taqdim etiladi.
Zarur hollarda oilaning ehtiyojmandlik darajasi "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" ma'lumotlari orqali aniqlanadi.
📌Eslatma:
Tavsiyanomа faqat birinchi marta oliy ta'lim olish uchun tanlovda ishtirok etish huquqini beradi. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish uchun tatbiq etilmaydi.
Ushbu imkoniyatdan foydalanishni istagan xotin-qizlar my.gov.uz portali orqali murojaat qilishlari mumkin.
