Sog‘lom oila — mustahkam jamiyat asosi
2026-05-05 11:25:00 / Yangiliklar
15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan shahrimizda “Oilamiz — kelajagimiz” oyligi doirasida “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” shiori ostida sport musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oila a’zolari o‘rtasidagi hamjihatlik va mehr-oqibatni mustahkamlash, shuningdek, faol va sog‘lom hayot tarzini ommalashtirishdan iborat bo‘ldi.
Musobaqada ishtirok etgan oilalar jamoaviy tarzda chaqqonlik, tezkorlik, hamjihatlik va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Qizg‘in va murosasiz ruhda kechgan musobaqalar jarayoni ishtirokchilar va tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi.
Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirok etgan oilalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.






