Vatanparvar yoshlar bilan samimiy muloqot o'tkazildi
2026-04-29 17:35:00 / Yangiliklar

Mazkur muassasada tahsil olayotgan o‘quvchilarning aksariyati boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoki turli sabablar bilan ko‘cha muhitiga tushib qolish xavfi mavjud bo‘lgan bolalardan iborat. Ta’lim maskanida ularga nafaqat bilim berish, balki hayotga ishonch, to‘g‘ri tarbiya va kelajakka intilish ruhini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ustoz va murabbiylar tomonidan o‘quvchilar ongida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda har tomonlama komil inson etib voyaga yetkazish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada muassasa bitiruvchilarining 85–95 foizi ichki ishlar tizimiga qarashli “Temurbeklar maktabi”ga muvaffaqiyatli qabul qilinayotgani qayd etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilim salohiyatlari, harbiy tayyorgarlik va jangovar mahoratlarini mehmonlarga namoyish etdilar. Tashrif chog‘ida ularning intilishi va erishayotgan natijalari yuqori baholandi hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan samimiy muloqotlar o‘tkazildi.






