Farg‘ona shahrida Bosh vazir o‘rinbosarining sayyor qabuli o‘tkazildi
2026-04-29 15:25:00 / Yangiliklar

Qabul davomida 26 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning har biri bilan individual tarzda suhbat o‘tkazildi. Murojaatlarda asosan oilaviy kelishmovchiliklar, moddiy yordam, bandlik va huquqiy masalalar ko‘tarildi.
Bosh vazir o‘rinbosari har bir murojaat yuzasidan atroflicha fikr bildirib, muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlari va mas’ullarga aniq topshiriq hamda ko‘rsatmalar berdi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, ayrim holatlar bo‘yicha esa aniq muddatlar belgilandi.
Shuningdek, fuqarolarga amaldagi qonunchilik asosida zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, ularning muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.
Barcha murojaatlar alohida nazoratga olinib, ularni o‘z vaqtida va samarali hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Bunday ochiq va samimiy muloqotlar aholi muammolarini joyida o‘rganish, tezkor yechim topish hamda ijro hokimiyati va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.





