Oʻquv-seminar: huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan muhim qadam
2026-04-14 15:35:00 / Yangiliklar

Unda Respublika ishchi guruhi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Sanobar Mamadaliyeva tomonidan viloyatda shakllantirilgan ishchi guruhlar va targʻibot guruhlari uchun amaliy koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan muhim tushuntirishlar berildi. Ayniqsa, zoʻravonlik holatlarining oldini olishda tizimli yondashuvni shakllantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻquv-seminarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, sohalar kesimidagi masʼullar, shuningdek, Zoom platformasi orqali shahar va tumanlardan masʼul xodimlar ham ishtirok etdi. Ular tomonidan farmonda belgilangan vazifalar, xususan, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, zoʻravonlikka qarshi kurashish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Mazkur farmon ijrosini taʼminlashda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish, joylarda manzilli ishlash va aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Eslatib oʻtamiz, Respublika ishchi guruhi 4 kun davomida Namangan viloyatining barcha hududlarida targʻibot tadbirlarini davom ettiradi.








