Bosh vazir o'rinbosari yangihayotlik tadbirkorayollar bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026-04-13 13:30:00 / Yangiliklar
Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova Yangihayot tumanida bo‘lib, hududda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, “Marhamat” mahallasida yangihayotlik ayol tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda tuman hokimi, tuman hokimi o‘rinbosari, mas’ul tashkilot vakillari, hunarmand va tadbirkor xotin-qizlar ishtirok etdi.
“Daromadli ayol” dasturi doirasida tashkil etilgan uchrashuv davomida xotin-qizlarning muammolari tinglanib, ular tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar o‘rganildi. Shuningdek, ishtirokchilarga bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, yangihayotlik tadbirkor ayollar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ishtirokchilar ushbu mahsulotlar bilan yaqindan tanishdi.






