Yechimga yo‘naltirilgan sayyor qabullar
2026-04-10 12:35:00 / Yangiliklar

Mazkur qabullar xotin-qizlar hamda aholining muammo va ehtiyojlarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish, shuningdek, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishda muhim аҳамият касб этмоқда.
Sayyor qabullar nafaqat murojaatlarni qabul qilish, balki ularni joyida o‘rganish, tezkor choralar ko‘rish va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq natijaga erishishning ta’sirchan mexanizmi sifatida xizmat qilmoqda.
O'tkazilgan sayyor qabullar davomida jami 2 683 nafar fuqaro qabul qilindi. Shundan 1 948 ta murojaat “ayol.gov.uz” platformasining “Mahallada qabul” moduliga kiritildi. Qolgan murojaatlarni tizimga kiritish ishlari izchil davom ettirilmoqda.





