4 587 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi.
2024-06-17 11:00:00 / Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida”
2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qaroriga muvofiq,
208 ta tuman (shahar)larda mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Ishchi guruhlari tarkibi tasdiqlandi.
1-31-may kunlari mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, o‘rta maxsus yoki professional ta’lim muassasalarini tamomlagan 4 777 nafar talabgor tomonidan tavsiyanoma olish uchun arizalar Nizom talablariga muvofiq, xotin-qizlar.uz elektron platformasiga kiritildi.
1-7-iyun kunlari tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan arizalar Nizom talablari asosida ko‘rib chiqilib, xulosalar berildi.
Shuningdek, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari tomonidan talabgor xotin-qizlarga tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida buyruqlar rasmiylashtirildi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ko‘rib chiqilib, talabgorlarga tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida qo‘mita raisining joriy yil 14-iyundagi 80-sonli buyrug‘i qabul qilindi.
Unga ko‘ra Respublika bo‘yicha jami 4 587 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi, 190 nafar talabgorga tavsiyanoma berish rad etildi.
Eng ko‘p tavsiyanoma berilgan hududlar Farg‘ona (566 ta), Toshkent viloyati (447 ta), Qashqadaryo (405 ta), Toshkent shahri (376 ta), Andijon (371 ta), Samarqand (358 ta).
Tuman-shaharlar kesimida eng ko‘p Farg‘ona shahri (75 ta), Navoiy shahri (66 ta), Nukus shahri(58 ta), Olmaliq shahri (47 ta) Olmazor tumani (47 ta), Quva (44 ta), Andijon shahri(46 ta), Qarshi tumani (45 ta), Pop (45 ta), Samarqand shahri (44 ta), M.Ulug‘bek (44 ta), Yangihayot (44 ta), Qibray (44 ta), Beruniy tumani (43 ta), Karmana (43 ta), Yunusobod (43 ta), Guliston tumani (42 ta), Sergeli(42 ta), Guliston shahri (41 ta) da tavsiyanoma berildi.
Yo‘nalishlar kesimida nisbatan ko‘p Boshlang‘ich ta’lim, davolash ishi, maktabgacha ta’lim, buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyanomalar berildi.
Qo‘mitaning tavsiyanoma berish, shuningdek, tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risidagi 80-son buyrug‘i xotin-qizlar.uz elektron platformasiga joylashtirildi va tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlari hamda ishchi guruhlariga talabgorlarni xabardor qilish uchun yuborildi.
Shuningdek, talabgorlarning mobil telefon raqamiga tavsiyanoma berishga tavsiya etilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuborildi.



