Vobkentda "Qo'llab-quvvatlashdan yuksalishga" aksiyasiga strart berildi
2026-02-18 08:20:00 / Yangiliklar

Joriy yil 18 fevral kuni Buxoro viloyatining Vobkent tumanida tashabbuskor ayollar tomonidan amaliy va xayrli homiylik yo‘nalishidagi “Qo‘llab-quvvatlashdan – yuksalishga” aksiyasiga start berildi.
Mazkur tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova ishtirok etdi. Tadbir doirasida yangi biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan hamda kam daromadli xotin-qizlarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatiladi. Jumladan, ular mehnat qurollari bilan ta’minlanib, o‘z faoliyatlarini boshlashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Ta’kidlanganidek, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ustoz shogird an’analari asosida kooperatsiyalarga jalb etish, jamoaviy biznesni yo‘lga qo‘yish, barqaror daromad manbaini shakllantirish hamda oilalar farovonligini ta’minlash aksiyaning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Mazkur tashabbusni barcha hududlarda amalga oshirish rejalashtirilgan.

