Murojaatlarga amaliy yechim: Vobkent tumanida sayyor qabul tashkil etildi
2026-02-17 19:40:00 / Yangiliklar

Murojaatlar asosan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish, moddiy ko‘mak va ijtimoiy himoya, uy-joy va yer masalalari, shuningdek, oilaviy muammolar hamda huquqiy maslahatlarga oid yo‘nalishlarni qamrab oldi. Arizachilar ko‘targan masalalarning tegishliligi bo‘yicha mas’ul idora va tashkilot rahbarlari ishtirokida joyida hal etish choralari ko‘rildi.
Qo‘shimcha o‘rganish, hujjatlashtirish yoki vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha esa aniq vazifalar belgilab berildi, mas’ul ijrochilar biriktirilib, ijro muddatlari ko‘rsatilgan holda nazoratga olindi. Sayyor qabul doirasida fuqarolarga zarur tushuntirishlar berilib, ularning muammolarini hal etishda manzilli ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratildi.



