BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-02-16 20:05:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida UNFPAning mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash, ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, gender zo‘ravonlikning oldini olish borasida ko‘rsatib kelayotgan amaliy ko‘magi yuksak e’tirof etilib, bildirilgan doimiy ko‘mak va hamkorlik uchun minnatdorlik izhor etildi.
Tomonlar 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldilar:
gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha tashabbus va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
gender zo‘ravonlikka qarshi kurashish, profilaktika va himoya mexanizmlarini takomillashtirish;
milliy tadqiqotlar o‘tkazish va tahliliy salohiyatni oshirish;
oilaga yo‘naltirilgan siyosatni rivojlantirish hamda aholining turmush sifatini yuksaltirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish.
Uchrashuv yakunida strategik sheriklikni mustahkamlash hamda ijtimoiy farovonlikni oshirishga qaratilgan qo‘shma dastur va loyihalarni izchil amalga oshirishdan tomonlar birdek manfaatdor ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Mazkur “Yo‘l xaritasi”da nikohdan oldingi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va maslahat berish tizimini rivojlantirish, jumladan:
nikohdan oldingi maslahat markazlarini tashkil etishga ko‘maklashish;
standartlashtirilgan o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqish;
inklyuziv nikohdan oldingi maslahat xizmatlarini yo‘lga qo‘yish;
sohaga oid mutaxassislar salohiyatini oshirish va tajriba almashish
kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari nazarda tutilgan.



