AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO’YXATGA OLISH
2026-02-11 05:25:00 / Ro‘yxatga olish — 2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni 8.a.-bandida Ro‘yxatga olish tadbiri doirasida davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlash vazifasi belgilangan.
Ushbu vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2025-yil 27-oktabrdagi 142-sonli buyrug‘i tasdiqlanib, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilanib olindi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimida faoliyat olib boruvchi 1038 nafar xodimlar (boshqaruv, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi) va ularning 5181 nafar oila a’zolari bilan census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, tegishli sertifikatlar taqdim etildi.
Xususan, 47 nafar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi markaziy apparati, 166 nafar hududiy boshqarmalar, 768 nafar tuman va shahar bo‘limlari, 57 nafar tizim tashkilotlari xodimlarining to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazilishi ta’minlandi.
