10-15-fevral kunlari “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida haftalik o‘tkaziladi.
2026-02-05 16:40:00 / Yangiliklar
Mazkur haftalik Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi qarorida belgilangan 11-fevral — “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan tashkil etilmoqda.

Tadbirlar haftaligi doirasida respublika va hududlarda ilmiy-amaliy anjumanlar, davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar hamda xotin-qizlarning ilmiy faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan qator tashabbuslar amalga oshiriladi.
Tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish maqsadida Respublika tashkiliy qo‘mitasi tuzilgan bo‘lib, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan reja asosida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Mazkur haftalik ayollar va qizlarni ilm-fanga keng jalb etish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda barqaror jamiyat taraqqiyotida ayollar o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
