Xalqaro hamkorlik doirasida O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi
2026-02-02 15:40:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Tunis o‘rtasida oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yoshlar siyosati sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekistonda yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularda oilaviy mas’uliyat, ijtimoiy moslashuv va hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan maxsus o‘quv dasturlari Tunis tomoni tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.
Tunis Respublikasi delegatsiyasi mazkur o‘quv dasturlarining mazmuni, amalga oshirish mexanizmlari va amaliy natijalari bilan yaqindan tanishish, shuningdek, ushbu tajribani o‘z mamlakatida joriy etish imkoniyatlarini o‘rganishga tayyor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma tashabbuslar va amaliy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni izchil rivojlantirishga kelishib oldilar.
#xalqarohamkorlik

