“Farovon oila” milliy dasturi loyihasi muhokama qilindi
2026-01-26 11:50:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda institut olimlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etib, mamlakatda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, oilalarning barqaror daromad manbalarini yaratish hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, joylarda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mavjud mexanizmlar samaradorligi, “Ayollar daftari” doirasida ko‘rsatilayotgan manzilli yordam, kasanachilik va tadbirkorlik loyihalarini kengaytirish masalalari muhim yo‘nalishlar sifatida belgilandi.
Shuningdek, “Farovon oila” milliy dasturida oila farovonligini oshirishga qaratilgan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar, natijadorlik indikatorlari hamda amalga oshirish bosqichlari belgilab olinib, ularni hududlarda izchil joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddi tashkilotlarga dastur loyihasini amaldagi tajribalar va joylardagi ehtiyojlardan kelib chiqib takomillashtirish, hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar yuklatildi.
