Bir guruh xotin-qizlar AT va dasturlash yo'nalishida o'qib, maxsus sertifikatga ega bo'ldi
2025-12-25 17:35:00 / Yangiliklar

Zamonaviy davrda raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Bularning barchasi orasida kompyuter savodxonligi jamiyatning har bir a’zosi, ayniqsa xotin‑qizlar uchun muhim poydevor hisoblanadi. O‘zbekistonda ham gender tenglikni mustahkamlash, iqtisodiy rivojlanishda ayollarning ishtirokini oshirish maqsadida turli tizimli tashabbuslar va bepul ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Aholining ijtimoiy zaif qatlamalarining mehnat huquqlarini mustahkamlash va ish bilan ta’minlash hamda transformative iqtisodiy islohotlarni rag’batlantirish maqsadida
Navoiy viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi hamkorligida viloyatdagi "Ayollar daftari"da turgan, ishsiz xotin-qizlar uchun "Kompyuter savodxonligi va AT dasturlari" bo‘yicha 180 soatlik tashkil etilgan bepul o'quv kursi dars mashg‘ulotlarini muvaffaqqiyatli tugatgan xotin-qizlarga maxsus Sertifikatlar topshirildi.
💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati
📱 Veb sayt (https://gov.uz/wcu) |📱 Facebook (https://www.facebook.com/wcuuzofficial) |📱 Instagram (https://instagram.com/wcuuzofficial) 📱 Youtube (https://youtube.com/@wcuuzofficial)






