Faollik, matonat va zakovat: “Yil ayoli – 2025” sovrindorlari aniqlandi
2025-12-23 18:05:00 / Yangiliklar

“Yil ayoli – 2025” da 14 nafar ayollar quyidagi nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandilar:
✅“Yilning eng vatanparvar ayoli” — Qayimova Nigoraxon Ismoilovna — Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari – xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi
✅“Yilning eng faol olima ayoli” — Muhitdinova Kamola Alisherovna — Iqtisod fanlari doktori, Markaziy bank ambassadori
✅“Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli” — Raxmonova Dilfuza Tojiddinovna —Qarshi shahridagi Axborot texnologiyalari va menejment universiteti taʼsischisi, zargarlik va kashtachilik buyumlari ishlab chiqarish markazi rahbari
✅“ Yilnnig eng ilgʻor tadbirkor ayoli” — Oʻlmasova Raʼnoxon Nomonovna — Beshariq tumanidagi “Turist Agro” MCHJ boshqaruvchisi
✅ “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli” — Joʻrayeva Dilobar Saidullayevna — Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olot tumani boʻlimi rahbari
✅ “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli” — Sodiqova Muqaddasxon Abdumalikovna — Izboskan tumanidagi “SAM bright line” oilaviy korxonasi rahbari
✅ “Yilning eng yaxshi uy bekasi” — Alimova Boʻston Oʻrinbekovna — Yangiyoʻl tumani “Guliston” mahallasi uy bekasi
✅“Yilning eng faol maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi” — Fayziyeva Shoira Ayubovna — Guliston davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, oila psixologi
✅ “Yilning eng jonkuyar ustozi” — Ayimbetova Kaljan Jollibayevna — Qoʻngʻirot tumanidagi 52-umumtaʼlim maktabi direktori
✅ “Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi” — Pardayeva Dilbar Abduvyevna — Jizzax “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internati uyi direktori
✅ “Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori” nominatsiyasi — Rangova Ramilya Rifkatovna — Navoiy togʻ-kon metallurgiya kombinati aksiyanerlik jamiyati “Shimoliy kon” boshqarmasi Markaziy fizik-kimyoviy laboratoriyasi mikrobiologiya guruhi rahbari
✅“Xotin-qizlar faoliyatini eng koʻp targʻib etgan OAV vakili” —Usmanova Nazokat Shavkatovna — Oʻzbekiston milliy axborot agentligi Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi mudiri
✅ “Ijtimoiy tashabbuslar yetakchisi” — Qutlimurotova Dilafruz Sultanmuratovna — Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi
✅“Matonatli ayol” — Sidiqova Nigora Voxidovna — 2025-yilning 10–13-dekabr kunlari Dubay shahrida yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan V Paraosiyo oʻyinlarida 8 ta oltin medalini qoʻlga kiritgan Husniya Olimjonovaning onasi.






