2025-yil “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi yakuni bo‘yicha MA’LUMOT
2025-12-19 18:35:00 / Yangiliklar

2025 yil 6-bosqichda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1 mln.022 ming 476 nafar xotin-qizlarning 1 mln. 020 ming 981 nafariga (99,9%) amaliy yordam koʻrsatildi.
Shundan 634 639 nafarining bandligi taʼminlandi. 33 399 nafariga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari uchun 316,9 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi.
3975 nafar uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarga amaliy yordam koʻrsatildi.
230 nafari uy-joy bilan taʼminlandi.
2 828 nafariga 5,1 mlrd. soʻm miqdorida ijara kompensatsiyasi toʻlab berildi.
1 833 nafar uy-joyi taʼmiriga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning
uy-joyi taʼmirlandi.
348 968 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatildi.
217 254 nafar xotin-qizlar va ularning 60 764 nafar voyaga yetmagan farzandlari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi hamda buning uchun jami 18,3 mlrd. soʻm mablagʻ sarflandi;
149 898 nafar xotin-qizlarga huquqiy yordamlar koʻrsatildi, jumladan tugʻilganlik haqida guvohnoma yoki fuqarolik pasporti olish uchun 1,2 mlrd. soʻm toʻlab berildi;
331 nafariga dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun jami 46 gektar yer maydoni ajratildi;
70 nafar oliy oʻquv yurtida tahsil olayotgan xotin-qizlar hamda “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarning farzandlariga kontrakt toʻlovining bir qismi (jami 293,2 mln soʻm) toʻlab berildi.
