Mahallalarda yangi imkoniyatlar: xotin-qizlar tadbirkorligiga doir uchrashuv
2025-12-06 14:30:00 / Yangiliklar
Davlatimiz rahbarining Sirdaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Oila va Xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ul xodimi, ishchi guruh a’zosi Nodira Atabayeva Oqoltin tumanidagi tadbirkor ayollar bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor mahallalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning yutuqlari va kundalik faoliyatdagi muammolarini o‘rganishga qaratildi.
Shuningdek, mahallada tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlaydigan yangi loyihalar va ko‘mak mexanizmlari haqida ham ma’lumot berildi. Bu uchrashuv mahallada xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularning huquq va imkoniyatlarini mustahkamlash hamda mahallalarda tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi.



