Vobkent tumanida hokim yordamçilarining loyiha boşqaruvi böyiça kasbiy salohiyati oşirilmoqda
2026-11-18 15:00:00 / Yangiliklar

Mahallalardagi muammolarga aniq loyihalar va amaliy yeçimlar orqali yondaşiş — öquv seminarlarining ustuvor yönalişi.
Bugun Vobkent tumani hokimligi katta majlislar zalida kuni Vobkent, Shofirkon va Ğijduvon tumanlarida faoliyat yuritayotgan hokim yordamçilari uçun “Loyiha menejeri” mavzusida qisqa muddatli maxsus malaka oşiriş öquv seminarlari taşkil etildi. Seminarda 200 nafarga yaqin hokim yordamçisi iştirok etdi.
Öquv maşğulotlari Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Buxoro viloyati hududiy filiali xodimlari hamda malakali mutaxassislar tomonidan olib borildi.
Seminar davomida iştirokçilarga loyiha boşqaruvining zamonaviy yondaşuvlari, mahallalardagi mavjud muammolarni aniqlaş va ularni amaliy loyihalarga aylantiriş mexanizmlari yuzasidan bilim va könikmalar berildi.
Xususan, öquv dasturida quyidagi ustuvor yönalişlarga alohida e’tibor qaratildi:
- Loyiha tuşunçasi va muammodan loyihaga ötiş algoritmi;
- Mahalla ehtiyojlaridan kelib çiqib, mikroloyihalarni şakllantiriş va rejalaştiriş;
- Loyiha pasportini işlab çiqişning asosiy bosqiçlari;
- Loyihalar böyiça moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oşiriş;
- Mavjud resurslardan samarali foydalan iş va kutilayotgan natijalarni baholaş;
- Amaliy keyslar asosida muammolarni tahlil qiliş va maqbul yeçimlarni işlab çiqiş.
Maşğulotlarda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyğunlaştirişga alohida ahamiyat berilib, iştirokçilarga loyihalarni şakllantiriş, ularning iqtisodiy asoslanganligini baholaş hamda amalga oşiriş mexanizmlarini belgilaş böyiça tuşunçalar berildi.
Mazkur öquv seminarning asosiy maqsadi hokim yordamçilarining loyiha boşqaruvi sohasidagi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiriş, mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga loyihaviy yondaşuvni kuçaytirişdan iborat.
Tuman hokimligi axborot xizmati









