“BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ!” — VOBKENTDA BAYRAMONA MARAFON ÖTKAZILDI
2026-11-13 15:00:00 / Yangiliklar

Bugun Vobkent tumanidagi qadimiy minora poyida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda bayramona marafonga start berildi.
Tadbir ötkazilgan maydon davlat bayroğimizning 35 yilligi şarafiga bayramona bezatilib, unda jam bölgan 500 nafardan ortiq iştirokçiga Özbekiston Respublikasi Davlat bayroqlari tarqatildi.
Tantanali tadbir Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini birgalikda kuylaş bilan boşlandi. Şundan söng tuman hokimi Akmal Ostonov yiğilganlarni qutlab, davlat bayroği xalqimizning milliy ğururi, birlik va hamjihatligi, mustaqilligimiz hamda ozodligimiz timsoli ekanini ta’kidladi.
Tadbirning badiiy qismida Vatan va istiqlolni madh etuvçi şe’rlar ifodali öqildi. Tuman madaniyat markazi hamda 8-son bolalar musiqa va san’at maktabi ustozlari va iste’dodli öquvçilari tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar bayramga yanada kötarinki ruh bağişladi.
Şundan söng iştirokçilar ramziy davlat bayroğini baland kötargan holda marafonga yöl oldilar. Tuman faollari, ma’naviyat tarğibotçilari, nuroniylar, harbiylar, yoşlar, ziyolilar, korxona, taşkilot va muassasalar rahbarlari hamda xodimlari iştirokidagi marafon Yoşlar boği xiyoboni va yangidan taşkil etilgan sohilböyi dam oliş markazi böylab davom etdi.
Milliy ğurur va vatanparvarlik tuyğularini özida mujassam etgan uşbu tadbir iştirokçilarda katta taassurot qoldirib, yurtimiz tinçligi, xalqimiz birdamligi va Vatanimiz ravnaqi yölida birlaşişning yorqin ifodasiga aylandi.
Tuman hokimligi axborot xizmati









