Yoşlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalişining oldini oliş — muhim vazifa
2026-11-12 11:00:00 / Yangiliklar

Bugun — Yoşlar kuni munosabati bilan Yoşlar işlari bölimi rahbari Xuşnud Rajabov hamda Maktabgaça va maktab ta’limi tuman bölimi rahbari Jasur Aşurov 16-umumta’lim maktabida öquvçi-yoşlar iştirokida profilaktik tarğibot tadbirini ötkazdilar.
Tadbir davomida yoşlar örtasida giyohvandlik bilan boğliq jinoyatlarning oldini oliş, psixotrop moddalarning noqonuniy tarqalişiga yöl qöymaslik, öquvçilarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqotda giyohvandlikning inson hayoti, salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri, uning ayançli oqibatlari haqida hayotiy misollar asosida tuşuntirişlar berildi. Yoşlarni zararli illatlardan yiroq bölişga, sport, ilm-fan va kasb-hunar bilan şuğullanişga, soğlom turmuş tarzini tanlab, kelajakda Vatan ravnaqi uçun munosib kadrlar bölib yetişişga çaqirildi.
Tadbir yakunida mehmonlar iqtidorli öquvçilar örtasida «Biz giyohvandlikka qarşimiz!» şiori ostida taşkil etilgan rasmlar tanlovida iştirok etib, yoşlarning ijodiy işlari bilan tanişdilar.
Bunday profilaktik tadbirlar yoşlar ongida giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, ularni soğlom va farovon hayot sari yönaltirişga xizmat qiladi.
Tuman hokimligi axborot xizmati









