Vobkent çempionlari — sportga muhabbat va ğalabaga intiliş timsoli!
2026-10-22 16:00:00 / Yangiliklar

Bugun Vobkent tumani hokimi Akmal Ostonov xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erişgan yoş sportçilar bilan uçraşdi. Uçraşuv davomida sportning yunon-rum kuraşi turi böyiça Vengriyada ötkazilgan xalqaro musobaqada faxrli örinni egallagan Qodirov Ahmad Erkin öğli hamda 2026-yilda Qirğiziston Respublikasida sportning xapkido turi böyiça oçiq Jahon çempionatida birinçi örinni qölga kiritgan Rajabboqiyev Şahzodbek Şermat öğlining yutuqlari alohida e’tirof etildi. Sportçilar tuman hokimining taşakkurnomasi va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Tuman hokimi yoşlarni erişgan natijalari bilan tabriklab, ularga kelgusidagi musobaqalarda yanada yuksak marralar va yangi ğalabalar tiladi. Şuningdek, yoşlar orasida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, sportga qiziqişni oşiriş va tengdoşlariga namuna bölayotgan sportçilar, ularning murabbiylari hamda ota-onalariga minnatdorlik bildirdi.
Sport — nafaqat jismoniy salomatlikni mustahkamlaş, balki yoşlarda intizom, qat’iyat, iroda va maqsad sari intiliş kabi muhim fazilatlarni şakllantiriş vositasidir. U yoş avlodning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, öz qobiliyatini namoyon qiliş va hayotda munosib örin topişida muhim ahamiyat kasb etadi. Yoş sportçilar bilan bunday oçiq muloqotlarning taşkil etilişi ularni yangi marralar sari ruhlantiriş, mehnatini e’tirof etiş va boşqa yoşlarga ham sport bilan döstlaşişiga ruhlantiradi. Zero, bugungi e’tibor va rağbat ertangi ulkan ğalabalar uçun mustahkam zamin yaratadi!
Tuman hokimligi axborot xizmati









