Kasb egallagan yosh — mustahkam kelajak egasi
2026-09-17 14:20:00 / Yangiliklar

Yoshlar kuni munosabati bilan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Huseov 1-son texnikumda bo‘lib, yoshlar uchun yaratilgan ta’lim va kasbiy imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi.
Tashrif davomida o‘quvchilarning davomat holati, kasb-hunarga o‘rgatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, sog‘lom ovqatlanish tizimi hamda sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, darsdan tashqari faoliyat yuritayotgan kasb, fan va sport seksiyalariga o‘quvchilarning jalb etilishi hamda ularning qiziqishi tahlil qilindi.
Bitiruvchilarning oliy ta’limga qamrovi, doimiy ish o‘rinlari bilan bandligi va daromad manbaiga ega bo‘lishi yuzasidan texnikum rahbariyatining taqdimoti tinglandi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tuman hokimligi axborot xizmati



