Har bir murojaat – e’tiborda!
2026-08-21 15:15:00 / Yangiliklar
Bugun Vobkent tumani Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabulda muammosi va murojati bo‘lgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlar birma-bir tinglandi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Husenov, tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
⏰Muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko‘rildi.

