Vobkentlik yosh futbolchilar — viloyat bosqichi g‘olibi!
2026-08-19 16:30:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 17–18-avgust kunlari o‘smirlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Sport maktablari ligasi” O‘zbekiston kubogi musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Murosasiz va qiziqarli kechgan bahslarda Vobkent tumani sport maktabi jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, viloyat bosqichining faxrli 1-o‘rnini egalladi va O‘zbekiston kubogining viloyat bosqichi g‘olibiga aylandi!
🥇 1-o‘rin — Vobkent tumani sport maktabi
🥈 2-o‘rin — Jondor tumani 1-son sport maktabi
🥉 3-o‘rin — Qorako‘l tumani sport maktabi
Yosh futbolchilarimizni ushbu munosib g‘alaba bilan muborakbod etamiz!
Tuman hokimligi matbuot xizmati



