OILAVIY AJRALISHLARNING OLDINI OLISH YOʻLLARI
2026-08-19 16:00:00 / Yangiliklar

Oila –har bir jamiyatning asosiy hududidir va jamiyat barqarorligining, inson huquqlarining, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarning himoyachisi boʻlgan muhim instituti hisoblanadi. Shuningdek, oila jamiyatning asosiy birligi sifatida, ijtimoiy muammolarni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Mehnat qiluvchi yoshlar, oila aʼzolari orasidagi munosabatlar, psixologik va ijtimoiy omillar oilaviy bagʻrikenglikning barqarorligini taʼminlaydi.
Oilaning mustahkamligi, barqarorligi va yosh avlod tarbiyasi jamiyatda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishning asosiy omillaridan biri boʻlib, bu aholining umumiy sogʻlom holatinisaqlashga koʻmaklashadi.Shu bilan birga, oilaviy barqarorlik, baxtli nikohning mustahkamligi va ajrashishning oldini olish jarayonida ijtimoiy institutlarning rolini tushunish muhim ahamiyatga ega. Nikohdan ajrashish holatlari koʻplab mamlakatlarda ijtimoiy muammo sifatida koʻrib chiqilmoqda, bu nafaqat oilaviy muammolar, balki iqtisodiy va ijtimoiy salbiy taʼsirlarga ham olib kelmoqda. Nikohdan ajrashishning oldini olish uchun yoshlarning maʼnaviy-axloqiy qiymatlarini shakllantirish, oilaviy va psixologik maslahat berish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish va davlatning oilaviy siyosatini takomillashtirish kabi chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega.
Maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimi va oilaviy munosabatlar oila aʼzolarining orasidagi ijtimoiy ishlashni, oʻzaro hurmat va ishonchni taʼminlaydi. Bundan tashqari, oiladagi ijtimoiy yordam tizimlarining samarali ishlashi, yoshlarga oilaviy munosabatlar va bagʻrikenglikni targʻib qilish, nikohni mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi.Davlatning oilaga oid siyosatlari, yaʼni oilaviy qoʻllab-quvvatlash, nikohdan ajrashish holatlarining oldini olish, ijtimoiy xizmatlar tizimining yaxshilanishi hamdaaholining maʼnaviy rivoji masalalari bu mavzuda muhim olamda nazarda tutiladi.
Maʼlumki, jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikning asosi oila boʻlib, uning barqarorligi jamiyatning umumiy barqarorligiga taʼsir koʻrsatadi. Oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, nikohdan ajrashishning oldini olish, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarning yechimini topishga koʻmaklashadi. Bunda, har bir oila aʼzosining haqiqiy huquqlariga ega boʻlishi, ularning faol ijtimoiy rollarini aniq belgilash va ularga amal qilish barqaror jamiyatni shakllantirishga yordam beradi.
Ajrimlarga taʼsir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar boʻyicha maʼlumotlarning ekonometrik tahliliga koʻra, ishsizlar sonining 1,0 foizga ortishi ajralishlarning 0,54 foizga, aholi zichligining 1,0 foizga oshishi –0,16 foizga, aholi real daromadlarining 1,0 foizga oʻsishi –0,31 foizga, tashqi mehnat migratsiyasining 1,0 foizga oshishi ajralishlar sonining 0,07 foizga ortishiga olib kelmoqda.
Bugungi kunda mehnat migrantlarining nikohni bekor qilishi alohida muammoga aylanib bormoqda. Erkaklar ishlab yurgan joyida oʻziga boshqa umr yoʻldoshi topishi holatlariuchramoqda. Ularning turmush oʻrtoqlari uchun esa erkakning uzoq vaqt uyda boʻlmasligi haqiqiy sinov vazifasini oʻtamoqda. Ushbu jarayon ham respublikada oila institutining demografik taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Soʻnggi yillarda ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlarda sms-ajralishlarhamurfga aylanmoqda. Ajralishning bunday turida erkaklar chet elda ishlab yurib, turmush oʻrtoqlariga “taloq” soʻzini sms-xabar orqali yozib yuboradi. Buning natijasida ayol sud qarorisiz, odatda, himoyasiz qolib, ota-onasining uyiga qaytishga majbur boʻladi.
Bu borada erkaklarni masʼuliyatli boʻlishga chaqirib, ularga ajralishning bunday shakli noqonuniy ekanligini tushuntirish, bunday holat bilan kurashish oila masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar oldida turgan dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.Aholining mehnatga layoqatli qismi, ayniqsa yosh erkaklarda mehnat migratsiyasining yuqori darajasi, ularning boshqa mamlakatlarda uzoq muddat mehnat qilishiular tomonidan shu hududda yangi oila qurilishiga sabab boʻlmoqda. Mazkur holatoilalar oʻrtasidagi nizolar, oilalarning buzilishi, farzandlar yetimligi va qarovsizliginingkeng tarqalgan sababi boʻlib qolmoqda. Shuningdek, migratsiya er-xotin oʻrtasida masofaviy munosabatlarni yuzaga keltirib, toʻliq boʻlmagan oilalar, beva ayollar sonini oshiradi.
Bugungi kun oʻrganishlari qaynonalarning oʻta talabchanligi, yoshlarni oilaga yengil-yelpi qarayotgani, sabrsizligi, muomala va tinglash madaniyati yoʻqligi, xiyonatning avj olayotgani, kattalarning notoʻgʻri aralashuvi ajrimlarga olib kelayotganini koʻrsatmoqda. Bu jarayonda yigitlarning mustaqil fikri yoʻqligi, masʼuliyatni his etmasligi ham sabab boʻlayotgani koʻzga tashlanmoqda. Xalqimizda “Tushgan xonadoningda suv kelsa, simirib, tosh kelsa, kemirib yashagin”, degan naql bor. Kelin yoshlik qilsa, qaynona yaxshi gapirsa, kuyov xato qilsa uni toʻgʻri yoʻlga boshlasa kelishmovchiliklar bartaraf boʻladi.
Jahl chiqqanda, aql qochadi, degan gap bor. Inson ana oʻsha jahlni aqlga boʻysundira olsa bugungi kundagidek raqamlar hosil boʻlmas edi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Peshku tumanlararo sudi raisi I.S.Djurayev
Fuqarolik ishlari boʻyicha Peshku tumanlararo sudi sudyasi H.R.Qoryogʻdiyev
