Vobkentda "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi
2026-08-19 10:00:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan muloqot qildi. Videoselektor shaklida o‘tgan uchrashuvda yoshlar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish chora-tadbirlari muhokama etildi. Berilgan topshiriqlarni ijrosini ta'minlash maqsadida tuman hokimiligi va DXX Vobkent tumani bo'limi rahbari ishtirokida Yoshlar markazi binosida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etishdi.
⚡️Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yosh fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish, jamiyat hayotida ularning o‘rni va faolligini oshirish, sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash, yoshlarning bilim va kasb-hunar egallashi,bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish bugunning bosh maqsadidir.
📊Yoshlar bilan o'tkazilgan uchrashuvda rahbarlar tomonidan hayotiy tajribalaridan kelib chiqib yoshlarga turli xil aldovlarga uchmasdan, adashib, yot oqimlarga kirib qolmasliklarini, o‘qib, biror bir kasbning egasi bo‘lishlarini, bekorchilik va dangasalikdan voz kechib Vatanga sodiq xizmat qilishlari lozimligini ta’kidlab o‘tishdi.
✅Uchrashuvda tuman hokimi o'rinbosari O.Muqumov yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi. Unda tuman yoshlarining ishga joylashish, yangi biznes va tadbirkolik boshlashda yordam berish, oliy ta'limdagi o'qish bilan bog'liq muammolar, yer berish, imtiyozli kredit ajratish kabi mavzulardagi murojaat va takliflari tinglandi.
Qo‘yilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi.
Tuman hokimligi matbuot xizmati









