Jaholatga qarshi ma’rifat — tinchlik va osoyishtalik kafolati
2026-08-08 09:00:00 / Majlislar

Vobkent tumanida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida mahallalarda osoyishtalikni ta’minlash, turli yot g‘oyalar ta’sirining oldini olish hamda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Navbatdagi davra suhbati Vobkent tumanidagi 27-son madaniyat markazi hamda "Vobkent tuman suv ta’minoti" korxonasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tashkil etildi. Tadbirda tuman IIB xodimi Azamat Gadoyev hamda Din ishlari qo‘mitasining tuman vakili Bahodir Buronov ishtirok etib, radikalizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, turli yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, axborot makonidagi turli buzg‘unchi chaqiriqlarga nisbatan hushyor va ogoh bo‘lish masalalarida tushunchalar berdi.
Shuningdek, tuman hududidagi 39 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida ham “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilib, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni asrash, fuqarolarning huquqiy va ma’naviy savodxonligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Bunday ma’rifiy tadbirlar aholining turli yot va zararli g‘oyalarga qarshi immunitetini mustahkamlash, yoshlarni sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Tuman hokimligi matbuot xizmati


