Vobkentning jajji yulduzlari — viloyat g‘olibi! Keyingi "bekat" respublika finali!
2026-08-07 16:56:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyatida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida bolajonlarning ijodiy qobiliyati, sahna madaniyati va iste’dodini namoyon etish maqsadida tashkil etilgan “Jajji nurli yulduzlar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.
Tanlovning tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 13 ta jamoa viloyat bosqichida o‘z iste’dodi va mahoratini namoyish etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Vobkent tumanidagi 6-son maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilaridan iborat “Kelajak bunyodkorlari” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichining mutlaq g‘olibiga aylandi!
Jajji iste’dodlar quvnoq kuy-qo‘shiqlar, nafis raqslar va mazmunli sahna ko‘rinishlari orqali o‘zlarining yuksak ijodiy salohiyatini namoyon etib, hakamlar hay’atining munosib e’tirofiga sazovor bo‘ldilar.
Eng quvonarlisi, “Kelajak bunyodkorlari” jamoasi endi Buxoro viloyati sharafini respublika bosqichida himoya qiladi!
Tuman hokimligi matbuot xizmati









