Har bir murojaat – e’tiborda!
2026-07-25 12:20:00 / Yangiliklar

Vobkent tumani Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi Akmal Ostonov boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari atroflicha tinglandi. Ochiq va samimiy ruhda kechgan qabulda hokim o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonasi hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Tuman hokimligi matbuot xizmati









