Ayollar va bolalar huquqlari himoyasi yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-06-19 19:06:00 / Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.03.2026-yildagi PF-33-son “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida muhim targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur farmon ijrosi doirasida tuman hokimi o‘rinbosari Firuza Shodiyeva tomonidan Vobkent tuman adliya bo'limi boshlig'i Shaxzod Sharipov hamda Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolarga ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, oilaviy tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek erta nikoh va erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari yuzasidan keng tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan savol va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Bunday uchrashuvlar jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.
Tuman hokimligi matbuot xizmati




