Kitobsevar yoshlar tuman hokimi kubogi uchun bellashdi
2026-06-18 14:50:00 / Yangiliklar

“Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Vobkent tumanidagi 1-son umumta’lim maktabida tuman hokimi kubogi uchun “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
120 nafar kitobsevar o‘quvchi ishtirok etgan tanlovda yoshlarning mutolaa madaniyati, badiiy asarlarni tahlil qilish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 7–8-sinflar o‘rtasida Safarova Soliha (20-maktab) 1-o‘rinni, Yunusova Saodat (7-maktab) 2-o‘rinni, Bahronova Mehrinoz (30-maktab) 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
9–11-sinflar hamda texnikum o‘quvchilari o‘rtasida esa Axtamova Parizoda (23-maktab) 1-o‘rinni, Akbarova Mashxura (18-maktab) 2-o‘rinni, Shavkatulloyeva Rayxon (5-maktab) 3-o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanib, kitobxonlikni targ‘ib etish yo‘lidagi sa’y-harakatlari e’tirof etildi.
Tuman hokimligi matbuot xizmati









