Hokimlik qabuli: Har bir murojaat – e’tiborda!
2026-06-19 08:00:00 / Yangiliklar

Bugun Vobkent tumani Bozorjoyi MFY binosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabulda muammosi va murojati bo‘lgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlar birma-bir tinglandi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda tuman hokimining birinchi o'rinbosari Otabek Muqimov boshchiligida tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida yo'llarni asfaltlashtirish va gaz bollonlarini vaqtida yetkazib berish bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushdi.
Muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko‘rildi.
Tuman hokimligi matbuot xizmati


