“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi g'oliblari taqdirlandi
2026-04-23 14:45:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 562-sonli qarorlari bilan joriy etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi joriy yilning 13-mart kuni 1-maktabda o‘tkazildi.
Tuman bosqichi baholash jarayonlariga koʻra 1-oʻrinni 1-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilar jamoasi, 2-oʻrinni 40-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilar jamoasi, 3-oʻrinni 21-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilar jamoasi qoʻlga kiritdi.
Bugun 23-aprel kuni Vobkent tumani 1-maktab binosida tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Taqdirlashda Vobkent tumani hokimi A.Ostonov, tuman prokurori H.Shirinov, tuman IIB boshlig'i B.Egamberdiyev, DSI rahbari A.Xolmurodov ishtirok etdi. Tanlovning tuman bosqichi 1-oʻrin gʻolib maktabga 100 mln soʻm, 2-oʻrin gʻolib maktabga 75 mln soʻm, 3-oʻrin maktabga 50 mln soʻm miqdorda pul mukofoti berildi.
Tanlov shartlariga ko‘ra asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha maktabning yuqori baholanishiga hissa qo‘shgan hamda o‘quvchilarni tanlovga tayyorlagan xorijiy tillar o‘qituvchilarini rag‘batlantirish uchun — mukofot summasining 25 foizigacha berildi. Gʻolib maktab oʻqituvchi va ishtirokchi oʻquvchilarga vaucher va pul mablagʻlari topshirildi.
Tuman hokimligi matbuot xizmati









