Vobkent tumanida DXX kubogi musobaqasining mahalla bosqichi uchun qur’a tashlandi
2026-04-10 17:07:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyatida sportnig futbol va mini-futbol turi bo‘yicha DXX kubogi musobaqalari boshlab yuborildi.
Bugun, 10-aprel kuni Vobkent tumani hokimligi binosida musobaqalarning mahalla bosqichlari uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Musobaqada tuman hokimi Akmal Ostonov, DXX mas'ul xodimlari, tuman IIB boshlig'i Bahtiyor Egamberdiyev, tuman DSI rahbari Alpomish Xolmurodov, hokim o'rinbosarlari, yoshlar ishlari agentligi, mutasaddi tashkilot xodimlari va yoshlar ishtirok etdi.
Musobaqa uch bosqichda:
1 – bosqich tuman saralash musobaqalari
2 – bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari
3 – bosqich Respublika bo‘yicha final musobaqalari bo'lib o'tadi.
16 yoshdan-30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha DXX kubogida ishtirok etishlari mumkin.









