Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish dasturi boyicha D-198 avtomobil yo'lining 18-25 kmlari orasida tamirlash ishlari bormoqda
2026-04-10 17:00:00 / Yangiliklar
Yoʻllarning taʼmirtalab ahvolga kelishiga tabiat faktorlari ham sabab boʻladi. Jazirama issiq, qahraton qish,yogʻingarchiliklar yoʻl sifatiga albatta taʼsirini koʻrsatadi. Tumanidagi xalq "Kumushkent yo'li" deb ataydigan D-198 avtomobil yo'li ham ancha urunib qolgan serqatnov yo'llardan hisoblanar edi. Ayniqsa, M-37 yo'liga chiquvchi yo'lning 600 metr qismi atrofdagi binolar va piyodalar yo'lkasidan pastda bo'lganligi sababli yomg'ir suvlari to'planib aholiga noqulaylik tug'dirardi. Yo'lining tamirlash ishlari boshlangani ko'pchilikni xursand qildi. Avvalo, yo'lning qatnov qismiga shag'al yotqizildi. Yo'l yoqasida yashil muhitni yaratish hamda yog'ingarchilik mavsumida yomg'ir, erigan qor va texnik suvlarni tartibli chiqarish uchun mo'ljallangan temir-beton suv chiqarish lotogi o'rnatildi. Jarayon davom etmoqda










