Rasmiy munosabat
2026-04-10 14:25:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda "Vobkent tumanida oddiy bir fuqaroning uy-joyini rasmiylashtirish jarayoni kutilmagan muammoga duch keldi" mavzusida tarqalgan xabarlar yuzasidan Vobkent tuman davlat arxivi va Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi Vobkent tuman filiali tomonidan ishchi guruhi tuzilib o'rganish ishlari olib borildi.
Murojaatga ko'ra Vobkent tuman davlat arxiviga Nasirova Gulnora Muxitdinovna tomonidan Davlat xizmatlari orqali 2026-yil 31-mart kunidagi 2657910-sonli so‘rovnoma o‘rganib chiqilganda, Vobkent tuman hokimining 1990-yildan 2000-yillarda marhum Nurmuhammedov Orif Usmonovichga tegishli uy-joy qurish uchun yer ajratish to‘g‘risidagi qarorini so‘rab qilgan murojaatiga asosan, Vobkent tuman davlat arxivi xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilganda quyidagilar aniqlandi.
Tuman hokimining 1989-2000 yillardagi qarorlari birma bir ko‘rib chiqilganda, marhum Nurmuhammedov Orif Usmonovichga tegishli qaror mavjud emasligi, tuman hokimining 26.02.1990-yildagi 47/2 sonli qarorida 116 ta fuqarolarning ism-familiyasi mavjudligi va shu qaror fuqaro ishtirokida ko‘rib chiqilganda va fuqaroning fikri tinglanganda uning qo‘shnisi Ro‘ziyev Nuriddin hamda qarindoshi Nurmuxammedov Baxriddinning ism-familiyasi mavjudigi aniqlandi. Hozirgi vaqtda tuman hokimining 13.03.1990-yildagi 61/3 sonli qarorida 256 ta fuqarolarning ism-familiyasi mavjud bo'lib, ushbu qaror ham fuqaro ishtirokida ko‘rib chiqilganda Nasirova Gulnora Muxitdinovnaning bir devor qo‘shnisi Karomov Sharofning ism-familiyasi mavjudligi aniqlandi.
Shu bilan birga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi uchun davlat xizmatlari markazi yoki Yagona ijtimoiy davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza berilganida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-sonli qarorida hamda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi 803-sonli “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qonunida ko‘rsatilgan tartibda quyidagi hujjatlar ilova qilinishi belgilangan:
- tegishli qishloqlar (ovullar) xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo'mitalarining fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish to'g'risida kolxozlar a'zolarining umumiy yig'ilish bayonlari sovxozlar, o'rmon xo'jaliklari korxonalari, muassasalar hamda tashkilotlar direktorlarining buyruqlarini tasdiqlash haqidagi qarorlari asos bo'lishi belgilangan.
- O'zbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda olingan yer uchastkalariga bo'lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiglangan QR kodli ma'lumotnomasi maviudligi;
⁃ yer uchastkasini joylashgan joyi 1998-yil 1-iyulga qadar yer uchastkasini airatib berish to'g'risidagi qaror taqdim etilganda, ushbu yer uchastkasini o'sha davrda uning chegaralarini naturada (joyning o'zida) belgilanganligini tasdiqlovchi chizmalari (planlari) mavjudligi (mavjud bo'lmagan taqdirda ushbu yer uchastkasi joylashgan hududdagi qo'shni yer uchastkalariga bo'lgan huquqni belgilovchi hujjatlari (ya'ni bir xil organ va sanalarda berilgan bir xil mazmundagi qarorlar mos kelishi);
- yer uchastkasi qishloq xo'jaligi toifasidagi va qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer maydonlarida joylashmaganligi;
- huquqni belgilovchi hujiatlarda ko'rsatilgan shaxsning familiya ismi sharifi va shaxsning tasdiqlovchi hujjati yoki tug'ilganlik haqidagi guvohnomasidagi familiya ismi sharifiga mos kelishi (mos kelmagan taqdirda, FPK 295-moddasi ikkinchi qismining 6-bandi) arizachiga mazkur huquqni belgilovchi hujjatni tegishli ekanligi faktini sud tomonidan aniqlangan bo'lishi);
⁃ huquqini belgilovchi hujjatlarda ko'rsatilgan shaxsning STIR va JSHSHIR raqamlari orqali kadastr ma'lumotlar bazasida dastlab mazkur huquqni tasdiqlovchi hujjat asosida ko'chmas mulk obyektiga kadastr hujiatlari rasmiylashtirilmaganligini o'rganish.
Ko'chmas mulk ob’yektining kadastr pasportini rasmiylashtirish va davlat ro'yxatidan o'tkazishda yuqoridagi ko'rsatmalarga amal qilinmagan hollar aniqlangan taqdirda, ushbu ko'chmas mulkka bo'lgan huquq bekor qilinishini ko’rsatib o’tilgan. Yuqorida sanab o’tilgan hujjatlar murojaatchida mavjud bo’lmaganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-937-sonli Qonuni asosida xatlov ishlari amalga oshirilib, vakolat doirasida tegishli tashkilotlarga xulosa olinishi uchun etirof.kadastr.uz electron dasturiga joylashtirildi.
Hozirgi kunda Buxoro viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tashkiloti tomonidan Buxoro viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi davlat ahamiyatidagi D173 “M37 avtomobil yo‘li (238 km.dan) – Shofirkon sh.– Jilvon massivi” avtomobil yo‘lining yo‘l bo‘yi mintaqasida joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-sonli qarori 22-bandi hamda ShNQ 2.05.02-23 me’yoriy qo‘llanmasining 18-bandida belgilangan muhofaza mintaqasida joylashganligi aniqlanganligi to'g'risida ma’lum qilamiz.

