Vobkent tumanida Yangi O‘zbekistonning jadal islohotlari keng targ‘ib qilindi
2026-04-01 14:40:00 / Yangiliklar

Vobkent tuman hokimligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni kuchaytirish maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi rahbari Samoydin Husenov, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi viloyat bo‘limi rahbari Zubaydullo Sharipov hamda BuxDU dotsenti, Respublika Maʼrifat targ‘ibotchilar jamiyati aʼzosi Azizbek Amonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi shuningdek, 2026-yil — "Mahallalarni rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" davlat dasturining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirishga qaratildi.
Uchrashuvda tuman hokimligi mutasaddilari, mahalla yoshlar yetakchilari, mahalla faollari, nuroniylar, ta’lim muassasalari vakillari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tuman hokimligi axborot xizmati









