✔️Vobkent tuman mahalliy budjet xarajatlari va daromadlari
2026-03-31 15:35:00 / Yangiliklar

Vobkent tumanining 2026-yil I chorak mahalliy budjeti ijrosi to‘g‘risida ma'lumot. 2026-yilning I choragida tuman mahalliy budjeti xarajatlari 46 mlrd 529 mln so‘mni tashkil etadi. Umumiy holda jami xarajatlarning qariyb 53.5 foizi ijtimoiy soha xarajatlariga to‘g‘ri keladi yoki 24 mlrd 914 mln so‘m mablag‘lardan iborat.
Shu jumladan:
Ta’lim sohasi 20,2 mlrd so‘m yoki jami xarajatlarning 43.4 foizini tashkil etadi.
Shundan, maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash va joriy xarajatlariga 12.5 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
ushbu mablag‘larning 24.8 foizi yoki 3.1 mlrd so‘mi tumandagi maktabgacha ta’lim muasasalarining qariyib 6.0 ming nafar tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish xarajatlariga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, “Umumiy ta’lim” sohasiga 7.7 mlrd. so‘m mablag‘ ajratiladi.
Ushbu mablag‘lar hisobidan:
maktablarni kommunal xizmat xarajatlari uchun 324,2 mln so‘m;
maktablarni yuqori tezlikdagi internet bilan uzluksiz ta’minlash uchun 112,6 mln so‘m;
Bundan tashqari, madaniyat sohasi tashkilotlarining joriy xarajatlariga 0.6 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Shuningdek, sport sohasi uchun 4,1 mlrd.so‘m.
Shundan, sport muassasalarini sport jihozlari va tuman sportchilarini formalar bilan ta’minlash uchun 101,7 mln.so‘m;
tuman sportchilarining jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlariga ishtirokini ta’minlash uchun 82.4 mln so‘m mablag‘ rejalashtirilgan.
Davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlariga 7,7 mlrd so‘m ajratilgan.
Iqtisodiyot xarajatlariga 2026-yilda 7,8 mlrd.so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda.
Iqtisodiyot xarajatlari tarkibida:
hududlar va aholi punktlarida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish xarajatlariga 7,3 mlrd.so‘m;
Hurmatli tumandoshlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qaroriga asosan mahallalardagi masalalarni hal etish uchun tashkil etilgan "Mahalla budjeti" jamg‘armalariga 1- chorak davomida 0,5 mlrd so‘m miqdorida mablag‘lar ajratildi.
Xuddi shunday, 2026-yilda mahallalardagi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida hal etish maqsadida budjet mablag‘larini yo‘naltirishda aholini faol jalb qilish va jamoatchilik rolini yanada oshirish uchun Tashubbusli budjet loyihasiga 4,7 mlrd so‘m mablag‘lar ajratilgan.
Shu bilan birga, 2026-yilning yil boshidagni erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 30 foizini ya’ni 906.0 mln so‘m mablag‘lar jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirildi.
Vobkent tumanida 2026-yil I chorak davomida mahalliy budjetining daromadlarini bajarilish holati bo'yicha ma’lumot.
2026-yil I choragi davomida mahalliy budjet daromadlar rejasi jami 30023,4 mln so‘m qilib belgilangan. Tuman mahalliy budjetning joriy yil I choragi davomida quyidagi soliq turlari bo‘yicha tushumlar amalga oshirilgan.
- yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i rejasi 901,5 mln so‘m
- qo‘shilgan qiymat solig‘i rejasi 1965,2 mln so‘m
- yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan solig‘i rejasi 852,0 mln so‘m
- jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan solig‘i rejasi 2286,0 mln so‘m
- jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i rejasi 3452,0 mln so‘m
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq rejasi 636,8 mln so‘m
-boshqa yig‘imlar rejasi 198,4 mln so‘m
Tuman hokimligi axborot xizmati









