“Ayollar daftari” 7-bosqich xatlov ishlari boshlandi
2026-02-10 14:00:00 / Yangiliklar
Jamiyatda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, salomatligini muhofaza qilish va iqtisodiy faolligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Prezidentimiz tashabbuslari bilan joriy etilgan “Ayollar daftari” tizimi bugunga kelib o‘z samaradorligini amalda isbotlab kelmoqda.
2026-yil 10-fevral sanasidan tumanimizda “Ayollar daftari”ning yettinchi bosqich jarayoni boshlandi. Ushbu bosqich doirasida mahallalarda ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni aniqlash va ro‘yxatga olish maqsadida keng qamrovli xatlov ishlari amalga oshiriladi.
Jarayonning 6-bosqichiga salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan: jami 4 ming 402 nafar xotin-qizlar ro'yxatga olingan. Shundan 4 ming 384 (99,6%) nafariga amaliy yordam ko‘rsatildi.
“Ayollar daftari”ning 1-toifa “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz” xotin-qizlar 2 ming 988 nafarni tashkil etadi. Bugungi kunda 2 ming 988 nafar xotin-qizlarning barchasining (100 %) bandligi ta’minlandi.
2-toifa “Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand” xotin-qizlar 294 nafarni tashkil etadi. Ushbu xotin-qizlarning 284 nafari (97%)ga imtiyozli kreditlar ajratildi.
3-toifa “Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand” xotin-qizlar 501 nafarni tashkil etadi. Ushbu xotin-qizlarning 498 nafari (99,4%)ga “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordamlar berildi.
4-toifa “Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar” 501 nafarni tashkil etadi. Ushbu xotin-qizlarning 496 nafari (99,0%) ga “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordamlar berildi.
5-toifa “Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar” 8 nafarni tashkil etadi. Ushbu xotin-qizlarning 4 nafar (100%) iga uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar ajratildi. 4 nafariga ijara kompensatsiyasi to‘lab berildi.
6-toifa “Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand ayollar 110 nafarni tashkil etadi. Bugungi kunda 110 nafar(100%) xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordamlar berildi.
"Ayollar daftari" 7- bosqich doirasida mahallalarda ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni aniqlash va ro‘yxatga olish maqsadida keng qamrovli xatlov ishlari amalga oshiriladi.






