"Yashil makon" - kelajak oldidagi mas’uliyatimiz.
2026-02-09 14:00:00 / Yangiliklar
Xalqimizda: "Izlagan imkon topadi",- degan ajoyib naql bor. Rahbar tadbirkor bo'lsa, islohotlarning tub mohiyatini anglasa, bajarilgan har bir topshiriq manfaat bo'lib jamoaga, xalqqa qaytishi ortidan ham duo oladi, ham obro'si oshadi. Tumandagi 40-umumta'lim maktabi direktori Alisher Sattorov ham tajribali rahbarlardan. Avvalo, birinchilardan bo'lib maktabda quyosh panellarini o'rnatishga bosh bo'ldi. Yashil makon loyihasi doirasida bir qator salmoqli ishlarni jamoa bilan bahamjihat, bamaslahat amalga oshirdi. Natijada bugun maktabdagi iqtidorli yoshlarni, turli tanlov g'oliblarini rag'batlantirish, sport musobaqalarida jamoani sport kiyimlari va jihozlar bilan moddiy ta'minlash kabi masalalar qiyinchilik tug'dirmaydi.
Bugun maktab bog'ida 100 tup gilos, 115 tup o'rik bo'lgan bog'lar mavjud. Maktab va sport maydoni atrofini manzarali archa daraxtlari o'rab olgan. Bundan tashqari 75 tup gilos, 115 tup o'rik, 12 tup archa, yangidan o'stirish maqsadida ekilgan. Mingdan ortiq sara mevali daraxt danaklari kuz mavsumida ekilgan, ikki yuz terak qalamchasi qadalgan. Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, daromad, atrof muhitga koni foyda, salomatlikka madad bo'ladigan bunday loyihalarni qo'llagan jamoaga ming rahmat. Sizdan o'rnak olsak arziydi.



