Bosh sahifaAxborot xizmatiSaytdan foydalanish, shuningdek, saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati bo‘yicha yo‘riqnoma
16+
Saytdan foydalanish, shuningdek, saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati bo‘yicha yo‘riqnoma
2025-12-28 13:30:00 / Saytdan foydalanish, shuningdek, saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati bo‘yicha yo‘riqnoma
Vobkent tumani hokimligi rasmiy veb saytida “Hokimiyat haqida”, “Faoliyat”, “Davlat xizmatlari”, “Hujjatlar”, “Ochiq ma’lumotlar”, “Axborot xizmati” ruknlari mavjud.
VEB-SAYT ASOSIY SAHIFALARIDAGI BO‘LIMLAR - HOKIMLIK HAQIDA BOSH SAHIFA
“Hokimiyat haqida”gi bo‘limida rahbariyat, hokimlik apparat xodimlari, tashkiliy tuzilma, shahar tashkilotlari hamda bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot joylashtirilgan.
FAOLIYAT BO‘LIMI
“Faoliyat” bo‘limida sohalar bo‘yicha ma’lumotlar ya’ni turizm, qishloq xo‘jaligi, iqtisod, sport haqida ma’lumotlar hamda yoshlar, xotin-qizlar yo‘nalishida qilinayotgan ishlar yoritib borilgan. Ommaviy tadbirlar bo‘limida 2024-2025-yillarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan press-tadbirlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar joylashtirilgan.
HUJJATLAR BO'LIMI
“Hujjatlar” bo‘limida esa Davlat dasturlari, ishlab chiqilayotgan hujjat loyihalari, ochiq budjet ma’lumotlari va yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha hisobotlar bilan boyitilgan.
OCHIQ MA'LUMOTLAR BO'LIMI
“Ochiq ma’lumotlar” ruknida ahamiyatga molik ochiq ma’lumotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qilingan ishlar, konstitutsiya sahifasi hamda jamoatchilik kengashi faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar qo‘yilgan.
AXBOROT XIZMATI BO'LIMI
“Axborot xizmati” bo‘limida rahbariyatning bayonotlari, majlislar bo‘yicha ma’lumotlar, taqvim, tadbir press-relizlari, turli yo‘nalishdagi yangiliklar. matbuot anjumanlari yoritilib boriladi.
VEB-SAYTDA FOYDALANILGAN ATAMALAR
№
ATAMALAR
IZOH
1.
PF-6247
Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida.
2.
PF-154
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
3.
Kapital qo'yilmalar
Kapital mablagʻlar — ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga tegishli asosiy fondlarni yaratishga, ularni yangilashga va harakatdagi fondlarni koʻpaytirishga, obʼyektlarni qurishga sarf qilinadigan mablagʻ.
4.
Jamoatchilik Kengashi
Birgalikda muloqot qilish, davlat organining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash uchun davlat organini fuqarolar bilan bog‘lab turadigan «ko‘prik» rolini bajaradi.
5.
Ko‘chmas mulk
Ko‘chmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan ob’yektlar kiradi.
6.
Xizmat safari
Xizmat safari deb xodimni tashkilot, muassasa, birlashma, korxona rahbarini farmoyishlari bo‘yicha, o‘zining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish uchun boshqa joyga, ma’lum bir muddatga yuborilishi (borib-kelish) tushuniladi.
7.
Aksiyador
Aksiyaning egasi, undan naf ko‘ruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Aksiyadorlik jamiyatining a’zosi, o‘z aksiyasini tasarruf eta oladi.
8.
Davlat budjeti
Davlat budjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui.
9.
Ochiq ma’lumotlar
Ochiq ma’lumotlar - ko‘p marotaba, mustaqil va bepul foydalanish maqsadida, odam tomonidan dastlab o‘zgartirilmagan holda avtomat ravishda qayta ishlashni ta’minlaydigan formatda shakllantirilgan, «Internet» tarmog‘iga tizimlashtirilgan ma’lumotlar ko‘rinishida joylashtirilgan ma’lumotlardir.
10.
Press-reliz
Tashkilot matbuot xizmatining ommaviy axborot vositalari uchun tayyorlagan xabarnomasidir.
