O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi

- Manzil: 100174, Toshkent sh., Farobiy ko'chasi, 333 «A»
- Markaz direktori: Abduraxmanov Azamat Abdulxakimovich
- Telefon: (998-71) 202-00-11(18-00)
- Faks:
- Ishonch telefoni: (998-71) 202-00-11 (18-07)
- Elektron pochata manzili: tech_inspection@umail.uz
- Ish vaqti: Dushanba-juma: 09:00 – 18:00. Tushlik vaqti: 13:00 – 14:00
- Hudud web sihifasi o`tish: gov.uz/oz/uzstdepartament
Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari hamda Agentlik direktorining buyruqlariga amal qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- texnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan, standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi qonunchilik hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va qonunchilikda belgilangan majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlarni aniqlash ishlarini tashkil etish;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablari, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻgʻriligi taʼminlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish;
- texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va ularni keltirib chiqarishga asos boʻluvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
- amaldagi texnik reglamentlar, standartlar va qonunchilik talablariga nomuvofiq boʻlgan mahsulotlarni belgilangan tartibda savdodan chiqarish.
- Oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq Inspeksiya quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- a) texnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan, standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi qonunchilik hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish sohasida:
- texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida qonunchilik hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish grafiklari va rejalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
- davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar, texnik tartibga solish va boshqa axborot tuzilmalarining axborot tizimi, ommaviy axborot vositalari va boshqa ochiq manbalardan olingan maʼlumotlar, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan maʼlumotlarni tahlil va taqqoslash yoʻli bilan korxonalarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarliklarning joyiga chiqmagan holda oldini oladi;
- davra suhbatlari, seminarlar, konferensiya va uchrashuvlar oʻtkazish yoʻli bilan texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;
- texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida qonunchilik buzilishining oldini olish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritadi;
- tadbirkorlik subyektlarini texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonunchilik talablari aks etgan tarqatma materiallar bilan taʼminlaydi;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash talablarining, majburiy sertifikatlashtirish qoidalarining buzilish holatlarni aniqlaydi va qonunchilik talablariga rioya etishga koʻmaklashuvchi tegishli choralar koʻradi, mexanizmlarni ishlab chiqadi;
- texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida qonunchilik hujjatlari buzilishini yashirish mexanizmlarini oʻrganish va aniqlashni tashkil etadi, amalga oshiradi va koʻrsatilgan mexanizmlarni qoʻllashning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
- tegishli tarmoqlar bilan birgalikda mahalliy sanoat korxonalarida xalqaro standartlarni joriy etish, mahsulotlar sifatini oshirish hamda sinov laboratoriyalarini tashkil etishda koʻmaklashish ishlarini tashkil etadi, shuningdek, sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash ishlarini amalga oshiradi;
- Inspeksiyaning texnik bazasini tegishli ravishda modernizatsiyalash, mustahkamlash va yangilash orqali tashqi va ichki manbalardan kelib tushadigan maʼlumotlar tahlilining avtomatlashtirilgan ilgʻor usullarini joriy etadi va qoʻllaydi;
- mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishda va realizatsiya qilishda huquqbuzarliklarni belgilangan tartibda aniqlashni, ularning oldini olishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
- davlat nazorati uchun budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Agentlik huzuridagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nazorat xaridi va sinov laboratoriyalarida sinovlarni oʻtkazish xarajatlarini qoplashga mablagʻlarni yoʻnaltiradi;
- nazorat qilinadigan mahsulotlar koʻrsatkichlarini belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida tashkilotlarda realizatsiya qilinadigan va saqlanadigan (import boʻyicha olib kelinadigan va mahalliy ishlab chiqarilgan) mahsulotlarni nazorat xaridini oʻtkazish yoʻli bilan davlat nazoratini amalga oshiradi (nazorat xaridi maqsadli korporativ bank kartasi yordamida Inspeksiya va uning hududiy boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi);
- mahsulotlarni sinash uchun sinov laboratoriyalarini tanlab oladi;
- nazorat tadbirlari davomida texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash boʻyicha tushuntirish ishlarini amalga oshiradi, mavjud texnik reglamentlar haqida xabardor qiladi;
- texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- huquqbuzarliklarning oldini oladi, huquqbuzarlikni keltirib chiqaradigan sabablarni va sharoitlarni aniqlaydi, oʻrganadi va ularni bartaraf etish choralarini koʻradi;
- b) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va qonunchilikda belgilangan majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlarni aniqlash ishlarini tashkil etish sohasida:
- jismoniy va yuridik shaxslardan mahsulotlarning sifati hamda xavfsizligi yuzasidan kelib tushayotgan eʼtiroz va takliflarni oʻrganadi;
- isteʼmolchilar tomonidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali mahsulotlarning sifati boʻyicha tushayotgan eʼtirozlarni oʻrganadi;
- kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida savdo obyektlarida mahsulotlar nazorat xaridini amalga oshirish orqali sifatini baholaydi, bunda respublika hududiga olib kelinadigan mahsulotlarning sifatini ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan “Xavfni tahlil etish” tizimi asosida baholaydi;
- mahsulotlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va qonunchilik talablariga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, ularni nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar reyestriga kiritadi;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va qonunchilik talablariga nomuvofiq boʻlgan mahsulotlar importini cheklash chorasini koʻradi;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va qonunchilik talablariga nomuvofiq boʻlgan mahsulotlar toʻgʻrisida isteʼmolchilarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish orqali ogohlantiradi;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va qonunchilik talablariga nomuvofiq boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, yetkazib beruvchi va ular bilan savdo qiluvchilarga nisbatan qonunchilikda belgilangan moliyaviy va maʼmuriy choralar koʻradi;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va qonunchilik talablariga nomuvofiq boʻlgan mahsulotlarni belgilangan tartibda savdodan chiqarish choralarini koʻradi;
- v) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablari, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻgʻriligi taʼminlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish sohasida:
- Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”, “Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”, “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”, “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisida”, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari va texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni amalga joriy qilishni taʼminlaydi;
- texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablar joriy etilishini va ularga amal qilinishini nazorat qiladi;
- nazorat qilinadigan mahsulotlar koʻrsatkichlarini belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida tashkilotlarda realizatsiya qilinadigan va saqlanadigan (import boʻyicha olib kelinadigan va mahalliy ishlab chiqarilgan) mahsulotlar boʻyicha nazorat xaridini oʻtkazish yoʻli bilan davlat nazoratini amalga oshiradi, bunda nazorat xaridi ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga asosan amalga oshiriladi;
- standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida faoliyat yurituvchi subyektlar ishlarini nazorat qiladi, shu jumladan, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasiga doir hujjatlar toʻplamini tahlil qilish orqali;
- texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi normativ hujjatlar nazoratini amalga oshiruvchi tashkilot faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi va ushbu faoliyatni muvofiqlashtiradi;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasida qonunchilik, normativ-huquqiy va normativ hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, ularning ishlab chiqilishida ilmiy va texnik yutuqlardan yuqori samarali foydalanishga hissa qoʻshadi, oʻz vakolati doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, metrologik qoidalar va muvofiqlikni baholash qoidalari oʻz vaqtida joriy qilinmaganligi sabablarini va ularning buzilishini tahlil qiladi;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi va oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha normativ hujjatlar ekspertizasining natijalarini tahlil qiladi;
- tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlarining sinov boʻlinmalarini mahsulotlarning belgilangan turi va sinov turlari bilan bogʻliq sinov oʻtkazish huquqini baholaydi;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, metrologik qoidalar va muvofiqlikni baholash qoidalarini, agar ular texnik darajani va mahsulot sifatini oshirishga xizmat qilmayotgan boʻlsa hamda amaldagi qonunchilikka zid boʻlsa, ularni bekor qilish, amal qilish muddatini qisqartirish va oʻzgartirishlar kiritish yoki qayta koʻrib chiqish taklifini kiritadi;
- ishlab chiqariladigan (shuningdek, olib kiriladigan) va realizatsiya qilinadigan mahsulotlar (xizmatlar) sifati boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun isteʼmolchilar eʼtirozlarini oʻrganadi;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, metrologik qoidalar va muvofiqlikni baholash qoidalarini joriy qilish, ularga rioya qilish nazorati jarayonida aniqlangan qonunchilik buzilishini bartaraf etish chorasini koʻradi;
- tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektlarining oʻlchash va sinov vositasini tayyorlash, taʼmirlash va qiyoslash (kalibrovkalash) boʻyicha ishlarni bajarishga tayyorgarligini oʻrganadi hamda ularga shartnoma asosida tegishli xulosalar beradi;
- mahsulotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablariga nomuvofiqligi haqida maʼlumotlar olinganda, oʻn kun muddatda ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) tomonidan nomuvofiqlikni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish toʻgʻrisida koʻrsatma beradi, uning ijrosini taʼminlashda amaliy yordam beradi va nazoratni taʼminlaydi;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, metrologik qoidalar va muvofiqlikni baholash qoidalari talablariga nomuvofiq boʻlgan mahsulotlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish holatlarini aniqlaydi;
- qonunchilikka muvofiq chora koʻrish maqsadida sud yoki boshqa organlarga daʼvo bilan murojaat etish uchun qaror qabul qiladi;
- muvofiqlikni baholashga doir faoliyatni va mahsulotlarni sinashda muvofiqlikni baholashda ishtirok etadigan obyektlar faoliyatining davlat nazoratini amalga oshiradi;
- mahsulotning muvofiqligini baholash uchun talab etiladigan vaqt meʼyorlarini va ularga rioya etilishini “xavf-tahlil” qilish tizimi orqali baholaydi;
- laboratoriyalarda, shuningdek, oʻz bazasida tashkil etilgan laboratoriyalarda mahsulotlar sinovini oʻtkazadi;
- oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha davlat metrologiya nazoratini amalga oshiradi, jumladan:
- belgilangan kattalik birliklarini qoʻllash toʻgʻriligi, oʻlchash va sinov vositalari holati, ularni tayyorlash, saqlash, taʼmirlash, qiyoslash hamda ekspluatatsiya qilish holatini;
- oʻlchashlar va sinovlarni bajarish uslubiyotlarini qoʻllash toʻgʻriligini;
- Oʻzbekiston Respublikasida kattalik birliklarining qoʻllanilishiga ruxsat berilgan kattalik birliklariga muvofiqligini;
- oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashni davlat tomonidan tartibga solish sohasida amalga oshiriladigan oʻlchashlar uchun qoʻyiladigan majburiy talablarga rioya qilishni;
- oʻlchash vositalari, standart namunalari va kattalik birligi etalonlarining oʻlchashlar yagona birlikda boʻlishini taʼminlashni davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi majburiy talablarga muvofiqligini;
- metrologik attestatsiyadan oʻtkazilgan oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini mavjudligi va ularning toʻgʻri qoʻllanishiga rioya qilishni;
- oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashni davlat tomonidan tartibga solish sohasiga tegishli boʻlgan oʻlchashlarni amalga oshirish va ular uchun belgilangan majburiy talablarga rioya etishni;
- oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashni davlat tomonidan tartibga solish sohasida qoʻllaniladigan, metrologik attestatsiyadan oʻtkazilgan oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlari, shuningdek, attestatsiya qilingan oʻlchashlarning uslubi tasdiqlaydigan maʼlumotlar mavjudligi va ularga rioya etishini;
- oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash sohasida ishlarni amalga oshirishni va (yoki) xizmatlar koʻrsatishni;
- oʻramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chogʻidagi miqdorining toʻgʻriligini;
- oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashning davlat tomonidan tartibga solish sohasida majburiy talablarga oʻlchashlar, oʻlchash vositalari (tarkibiy qismlari, dasturiy taʼminoti), oʻlchash birliklari, standart namunalar, shuningdek, kattalik birliklari etalonlarining muvofiqligini;
- yuridik shaxslarda yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarda har bir oʻlchash vositasi, standart namunalar, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi uchun ekspluatatsiya hujjatlari mavjudligini;
- oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini davlat tomonidan tartibga solish sohasida tekshirilgan turi tasdiqlangan oʻlchash vositalari, turi tasdiqlangan standart namunalar, tasdiqlangan va attestatlangan kattalik birliklari etalonini qoʻllashni;
- oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashning davlat tomonidan tartibga solish sohasida qoʻllaniladigan oʻlchash vositalarini, standart namunalarini, kattalik birligi etaloni, oʻlchashlarning uslubiyotidan maqsadli foydalanishni;
- Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllashga ruxsat berilgan oʻlchash birliklarini yozish va qoʻllash qoidalariga rioya qilishni;
- g) texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida huquqbuzarlikni aniqlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va ularni keltirib chiqarishga asos boʻluvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish sohasida:
- maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritadi, Inspeksiyaning vakolatiga kiradigan ishlarni koʻrib chiqadi va maʼmuriy jazo qoʻllaydi;
- maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarining amaliyotini tahlil qiladi, hisobini yuritadi hamda ushbu sohada yagona amaliyotni shakllantirish boʻyicha chora koʻradi;
- d) amaldagi texnik reglamentlar, standartlar va qonunchilik talablariga nomuvofiq mahsulotlarni belgilangan tartibda savdodan chiqarish sohasida:
- nomuvofiq deb topilgan mahsulotlarni savdodan chaqirib olish choralarini koʻrish yuzasidan mahsulot egasiga taqdimnoma kiritadi;
- texnik reglamentlarning talablariga nomuvofiq deb topilgan mahsulotni qaytarib olish uchun texnik reglamentlarning talablariga nomuvofiq boʻlgan mahsulotni chaqirib olish dalolatnomasini rasmiylashtiradi;
- texnik reglamentlarning talablariga nomuvofiq deb topilgan, mahsulotni chaqirib va (yoki) qaytarib olish holatlari toʻgʻrisidagi axborotni rasmiy saytida joylashtiradi.
- Inspeksiya qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining "Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi to‘g‘risida Nizom" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 1 iyul dagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlagan
