
Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi delegatsiyasi Kigali shahrida Shvetsariya Standartlashtirish Uyushmasi (SNV) bosh ijrochi direktori Lukas Keller bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun: Shvetsariya Global sifat infratuzilma indeksi (GQII)da 185 ta mamlakat ichida yuqori 16-o‘rinni egallagan, bunda standartlashtirish - 11, metrologiya - 14, akkreditatsiya - 22 o‘rin. Shvetsariya Standartlashtirish Uyushmasi (SNV) 1919-yilda tashkil topgan. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Yevropa standartlashtirish tashkilotlari (CEN-CENELEC) a’zosi.
Muloqotda standartlashtirish bo‘yicha tegishli texnik qo‘mitalar va quyi texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish, sanoat va maxalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni standartlar ishlab chiqishda bevosita ishtirokini faol ta’minlash, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, standartlarning yagona axborot bazasini shakllantirish va yuritish, xalqaro hamkorlik, import maxsulotlarga qo‘yilgan talablar, texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, Global sifat infratuzilmasi indeksi (GQII)ga oid masalalar muhokama qilindi.
Mutaxassislarining institutsional salohiyatini mustahkamlash, ularning savdodagi texnik to‘siqlar sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga maqsadida BMT Sanoatni rivojlantrish tashkiloti (UNIDO), Shvetsariyaning SECO tashkiloti, Yevropa Ittifoqi (TAIEX)ning grant va texnik qo‘maklarini jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Shvetsariya Standartlashtirish Uyushmasi (SNV) bilan hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
