Surxondaryoda eksportyor korxonalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-08-14 10:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

📌Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari F. Samatov tomonidan Surxondaryo viloyatidagi eksportyor korxonalar faoliyati o‘rganildi.
📖Termiz shahrida tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan seminarda tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganilib, Prezidentning PF-25-son Farmoni bilan belgilangan yangiliklar, texnik jihatdan tartibga solish sohasida yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🤝Shuningdek, mahsulotlarning sifat va xavfsizlik talablariga muvofiqligi, nazorat tadbirlari, “Nomuvofiq mahsulotlar reestri”ni yuritish tartibi hamda xalqaro standartlarni joriy etishning afzalliklari yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi.
🔎Tashrif davomida Sherobod tumanidagi “ZILANTEKS” MChJ, Termiz shahridagi “GLASS EXPO SURXON” MChJ, “TERMIZ TERMO PLAST” MChJ va “BLACK PLAST” MChJ faoliyati bilan ham tanishildi.
📈Korxonalarda mahsulot sifatini oshirish, xalqaro standartlarni joriy etish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.


