Samarqand viloyatida seminar o‘tkazildi
2026-09-15 15:30:00 / Yangiliklar
📌 2026-yil 15-sentabr kuni Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Samarqand viloyati bo‘limi, Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, O‘z MMI Samarqand filiali hamda O‘zbekiston standartlar instituti DM Samarqand filiali hamkorligida tadbirkorlik subyektlari uchun seminar o‘tkazildi.
📖 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoni va 13-martdagi PQ-104-son qarori, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi amaldagi talablar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
📋 Shuningdek, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi va “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlarning mazmun-mohiyati, yangi texnik reglamentlar, qurilish mahsulotlarini qabul qilish, mahsulotlarni tamg‘alash hamda ularga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
💬 Seminar davomida tadbirkorlarning savol, muammo va takliflari tinglanib, mutaxassislar tomonidan tegishli masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar va zarur tushuntirishlar berildi.

